13 mar 08:02
Yangiliklar
"Turkish Open-2021". O'zbekistonlik taekvondochilardan sakkizta medal, umumjamoa hisobida uchinchi bo'ldik!
Unda O'zbekiston terma jamoasining 17 nafar taekvondochisi qatnashib jami 8ta medalni qo'lga kiritdi.
Ulug'bek Rashitov, Nigora Tursunqulova hamda Nikita Rafalovich oltin medallarga ega chiqishgan bo'lsa, CHaros Qayumova, SHohruh Rajabov, Madinabonu Mannopova, SHoxsanam Azamova va SHuhrat Salaev bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
"Turkish Open-2021". O'zbekistonlik taekvondochilar qo'lga kiritgan medallar:
Oltin - Ulug'bek Rashitov
Oltin - Nigora Tursunqulova
Oltin - Nikita Rafalovich
Bronza - CHaros Qayumova
Bronza - SHohruh Rajabov
Bronza - Madinabonu Mannopova
Bronza - SHoxsanam Azamova
Bronza - SHuhrat Salaev
Ushbu musobaqada hech bir terma jamoa 3tadan ortiq oltin medalni qo'lga kirita olmadi. O'zbekiston Ispaniya va mezbon Turkiya bilan oltin medal olish bo'yicha teng natija ko'rsatdi.
Umumjamoa hisobida esa O'zbekiston terma jamoasi uchinchi o'rinni egalladi. Taekvondochilarimiz Eron, Ozarbayjon, Rossiya, Mali kabi davlat sportchilarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'lishdi!
Medallar jamg'armasi:
Ispaniya - 3 oltin, 5 kumush, 3 bronza
Turkiya - 3 oltin, 4 kumush, 6 bronza
O'ZBEKISTON - 3 oltin, 5 bronza
Marokash - 1 oltin, 3 kumush, 1 bronza
Eron - 1 oltin, 1 kumush, 4 bronza
Ozarbayjon - 1 oltin, 1 kumush, 1 bronza
Latviya - 1 oltin, 1 kumush
Tunis va Polsha - 1 oltin, 1 bronza
Mali - 1 oltin
Rossiya - 2 kumush, 1 bronza
CHexiya - 1 kumush
Xorvatiya, Misr, Gruziya, Norvegiya, Avstriya, Efiopiya va Ukraina - 1tadan bronza.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar