14 fev 11:34
Yangiliklar
"Turkish Open". Taekvondochilarimiz 3 ta medal qo'lga kiritishdi
Dastlab pumsechilar, so'ngra kadetlar va o'smirlar o'rtasida musobaqalar bo'lib o'tdi. Turnirning so'nggi ikki kunida kattalar toifasida g'oliblar aniqlandi. O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu musobaqada 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi.
68 kg vazn toifasida Najmiddin Qosimxo'jaev besh nafar raqibini mag'lub etib, finalga qadar etib bordi. Finalda koreyalik sportchiga omad kulib boqdi. 80 kg vazn toifasidagi SHuhrat Salaev esa uch raqibni taslim etib, finalga chiqdi. Finalda polshalik taekvondochiga kichik hisobda imkoniyat boy berildi.
+87 kg vazn toifasida esa SHohruh Rajabov ikki raqibdan ustun kelib yarim finalga qadar bordi. Afsuski, yarim finalda ozarbayjonlik sportchiga yutqazib qo'ydi.
"Turkish Open" musobaqasi sovrindorlari:
Kumush
68 kg - Najmiddin Qosimxo'jaev
80 kg - SHuhrat Salaev
Bronza
+87 kg - SHohruh Rajabov
Fikrlar