05 apr 08:47
Yangiliklar
Dzyudo
Turkiya Gran-Prisi. Bugun 3 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi.
Uch kun davom etadigan musobaqada sayyoramizning 5 qitasi 78 davlatidan jami 533 nafar ishtirokchi Gran-Pri medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 8 nafar dzyudochisi ham o'z mahoratini namoyish etadi. Bugun hamyurtlarimizdan uch nafari - Kemran Nurillaev va Doston Ro'ziev (60 kg) hamda SHahram Ahadov (-66 kg) o'z mahoratini namoyish etadi.
-60 kg:
Kemran Nurillaev - Kun-Lin Yex (birinchi bosqich)
Doston Ro'ziev - Daniel David Ben (ikkinchi bosqich)
-66 kg:
SHahram Ahadov - Yoqubjon Boqiev (Tojikiston) / Matey Polyak (Slovakiya) (ikkinchi bosqich)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar