15 dek 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Turkiya terma jamoasi murabbiyi: O'zbek bokschilari bilan mashg'ulotlarda tajriba almashmoqdamiz
Xabar berib o'tganimizdek, shu kunlarda Turkiya terma jamoasi ayni paytda bokschilarimiz bilan birga o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borishmoqda.
Biz ushbu yig'in haqida Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Reymundo Zamora (Kuba) bilan qisqa suhbat tashkil etdik.
"O'zbekistonga ikkinchi marta tashrif buyurishim. Bungacha avval ham yurtingizda bo'lganman. Hozirga qadar Tokio Olimpiadasiga bitta licenziyani naqd qilib qo'yganmiz. Evropada licenzion musobaqalar to'xtab qolgandi. Kelasi yili davom etadigan licenzion musobaqada yana Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanmalarga ega chiqishni maqsad qilganmiz.
O'zbekiston terma jamoasi bokschilari bilan birga mashg'ulot olib borib, o'zaro tajriba almashmoqdamiz. Bu erdagi shart-sharoitlar ajoyib. O'quv-mashg'ulot yig'inlari olib borish uchun barcha sharoit bor ekan", - dedi Reymundo Zamora.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar