So’nggi yangiliklar

16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0 12:45"Манчестер Юнайтед"нинг 16 ёшли тарбияланувчиси "Реал"га ўтишга яқин турибди 0 12:14Тедди Ринер Ўзбекистонга келади 0 11:43Махачев UFC'даги учинчи чемпионлик ҳақида: "Бунинг учун Ўзбекистонда қолиб бир ой ош ейишим керак" 0 11:12Бугун Акбар Жўраев Жаҳон чемпионатида медаль учун курашади 0 10:51Жезуш Роналдунинг Португалия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаш қарорига муносабат билдирди 0 10:09Тошкентда самбо бўйича 50-жаҳон чемпионати бошланди 0 22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

05 okt 13:51
Yangiliklar

Kamondan otish

Turkiyada milliy sport o'yinlariga bag'ishlangan yirik etnofestival o'tkazilmoqda

Teglar :  Kamondan otish
Ayni kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida Butunjahon etnosport konfedraciyasining to'rtinchi madaniy etnosport yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

6 oktyabrga qadar davom etajak ushbu tadbirga Butunjahon etnosport konfederaciya rahbari Najmiddin Bilol Erdog'an raislik qilmoqda.

Mazkur tadbirda butunjahon etnosport vakillari ishtirok etishmoqda. SHu jumladan, O'zbekiston kamondan otish federaciyasi prezidenti Otabek Imamov hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev yurtimiz nomidan qatnashmoqda.

Ushbu festivalni tashkil qilishdan maqsad nafaqat etnosport sohalarini balki madaniy-marifiy, turizm aloqalarini yo'lga qo'yish, qolaversa, yo'qolib borayotgan milliy o'yinlarni qayta tiklash, ularni yosh avlodga ham etkazishdir. Etnofestivalda otda va piyoda kamondan otish, belbog'li kurash, ot ustida nayza uloqtirish, mankala kabi sport turlari bo'yicha bahslar olib borilmoqda. Raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, festivalda qatnashish uchun Istanbulda 20 dan ortiq mamlakatdan 1000 dan ziyod sportchilar 12 ta milliy sport o'yinlari bo'yicha ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida o'zbek madaniyati, urf-datlari va milliy qadriyatlari targ'ib qilinmoqda. Mamlakatimiz uchun ajratilgan bo'limda hamyurtlarimiz tomonidan olib borilayotgan bir-biridan qiziqarli ko'ngilochar dasturlar, chiroyli hunarmandchilik buyumlari ham mehmonlar etiboriga havola etilmoqda. Ayniqsa, “Oshdan qaytganning qoshig'i sinsin” shioroi ostida bugun damlanayotgan 100 kilogramm osh ko'pchilikning diqqat-markazida bo'lib turibdi. Quyida festivaldan olingan bir qator fotosuratlarni etiboringizga havola qilamiz:

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing