03 jan 07:43
Yangiliklar
Kurash
Turkmaniston prezidenti kurash bo'yicha Jahon chempionlari va ularning murabbiylarini Toyota avtomobillari bilan taqdirladi + FOTO
2024 yil turkmanstonlik kurashchilar va ularning oilalari uchun muvaffaqiyatli keldi.
Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhammedov kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi XIV Jahon chempionatida g'olib bo'lgan kurashchilar va ularning murabbiylarini taqdirlash to'g'risidagi qarorga imzo chekkan edi.
Qarorga ko'ra, jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritgan besh nafar sportchi Toyota Fortuner, terma jamoaning ikki nafar murabbiyi esa Toyota Camry avtomobili bilan taqdirlandi. Musobaqada kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan sportchilarga esa pul mukofotlari topshirilgan.
Ashxobodda tashkil etilgan taqdirlash marosimida Xalqaro kurash assosiaciyasi prezidenti Haydar Farmon ham ishtirok etdi.
Havola :
Fikrlar