31 dek 10:25
Yangiliklar
Turli vazn vakillari Carukyan va SHara Bullet o'rtasidagi jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi
Oqshomning asosiy jangi armanistonlik Arman Carukyan va rossiyalik SHara Bullet nomi bilan tanilgan SHarabutdin Magomedov o'rtasidagi greppling bahsi bo'ldi. Bellashuv sabmishn-onli qoidalari bo'yicha olti daqiqa davom etdi. Sportchilar bu vaqtga dosh bera olmadi va buning natijasida jang durang deb topildi.

Ikkala aralash yakkakurash ustasi ham UFC’da ishtirok etadi. Carukyan engil vazn (70 kg gacha), SHara Bullet esa o'rta divizion (84 kg) vakili hisoblanadi. Aralash yakkakurashlarda Magomedov hozirgacha 17 ta jangda ishtirok etib, 16 g'alabaga erishgan, shundan 12 tasida nokaut bilan zafar quchgan, hisobida bitta mag'lubiyat bor. Carukyan MMAda 23 ta g'alaba (to'qqizta nokaut) va uchta mag'lubiyat qayd etgan.

Fikrlar