06 mar 10:33
Yangiliklar
Xokkey
U-18 Jahon chempionati. Xokkeychilarimiz bu safar Turkiyani mag'lub etishdi
Gonkongda davom etayotgan xokkey bo'yicha U18 jahon chempionatining III divizion “A” guruhida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ketma-ket uchinchi g'alabani qo'lga kiritdi.
Jamoamiz kecha musobaqadagi asosiy raqiblardan biri Turkiya bilan kuch sinashdi. Asosiy vaqt 6:6 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Ikkinchi bo'limdan keyin 6:3 hisobida zafar quchayotgan yoshlarimiz uchinchi taymda o'z darvozalaridan uchta shayba o'tkazib, muvozanatning tiklanishiga sabab bo'lishdi.
Overtaymda esa Salohiddin Azimovning goli jamoamizga muhim g'alabani taqdim etdi - 7:6. Azimov asosiy vaqtda ham ikki shaybaga mualliflik qilgandi. Isroil biroz kutilmaganda Gonkongga 4:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Bugun vakillarimiz Bolgariya yoshlariga qarshi muzga chiqishadi. Bolgariyaliklar kecha Yangi Zelandiya xokkeychilarini 5:3 hisobida dog'da qoldirishgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar