So’nggi yangiliklar

19:16Баҳодир Жалолов: "2025 йилда супероғир вазнда жаҳон чемпиони бўлишни режалаштирганман" 0 18:55ФОТО Ўзимизнинг карикатура: Уйқу оғушидаги "аждар"! 0 18:34Диёра Келдиёрованинг кимоноси, боксчиларнинг қўлқопи аукционда сотилди 0 18:13Илия Топурия Махачевни рақиблари сафидан ўчирди 0 17:52Янги Олимпия даврига тайёргарлик режалари муҳокама марказида 0 17:31"Арсенал" "Аталанта" ҳужумичисига эътибор қаратди 0 17:10Қорасув маҳалласида замонавий сузиш ҳавзаси фойдаланишга топширилди 0 16:49Светлана Осипова институтда меҳмон бўлди 0 16:28Хабиб Нурмагомедов Конор Макгрегорга ўқилган ҳукмни қўллаб-қувватлади 0 16:07Ди Мария ЕЧЛдаги ассистлар бўйича 2-ўринга чиқиб олди 0 15:46Мавсумнинг энг кўп эйс зарбаси муаллифи маълум 0 15:25Ислам Махачев ва Арман Царукян жанг шартномасига имзо чекмаган 0 15:04Пойтахтимиз Халқаро қиличбозлик федерацияси конгрессини ўтказишга тайёр 0 14:43Де Йонг "Барселона"нинг янги шартнома борасидаги таклифини қабул қилмади 0 14:22Prezident Cup. Чемпионлик тақдирига таъсир қилувчи 8-тур учрашувлари бошланди 0

24 fev 19:08
Yangiliklar

Boks/MMA

U bizga 200 milliondan ortiq sarmoya kiritdi. Xabibning 11 milliard rublni o'g'irlab, 19 yilga qamalgan milliarder homiysi haqida

Jangchilar unga kafolat berishdi va Putindan kechirim so'rashdi.

Xabib Nurmagomedov UFC chempioni bo'lmasidan avval uning asosiy homiylaridan biri Forbes ro'yxatidagi milliarder Ziyavudin Magomedov edi. U nafaqat Xabibga, balki boshqa jangchilarga ham yordam berdi va 2022 yilda 19 yilga qamaldi.


Magomedov Rossiya MMAsining muhim homiysi edi. U Xabibga homiylik qilgan va uning kelajagi buyukligini birinchilardan bo'lib taxmin qilgan

Jangchilarning gonorarlari haqidagi ochiq malumotlarda uning katta qismi to'lovlar, murabbiylarning maoshlari va soliqlarga sarflanishi hisobga olinmaydi. SHu bilan birga, UFC chempionligidan oldin Xabib faqat bir marta - Edson Barbozaga qarshi 100 ming dollardan ko'proq pul olgan (jang uchun 80, g'alaba uchun 80).

Nurmagomedov qimmat lagerlar uchun pul to'lagan, nutricionistlarning xizmatlaridan foydalangan va operaciyani UFC yordamisiz amalga oshirdi. Bunga tadbirkor Ziyavudin Magomedov bilan do'stligi yordam berdi.

Forbes jurnali 2017 yilda Magomedovni Rossiyaning eng boy tadbirkorlari ro'yxatida 63-o'ringa qo'ydi - 1,4 milliard dollar boyligi bilan u port logistikasi, transinjiniring, qurilish, agrosanot, neft va gaz qazib olish bo'yicha aktivlarga ega bo'lgan «Summa» qo'shma kompaniyasini boshqargan. Ziyavudin Magomedovning ukasi Magomed bir nechta loyihalarda o'z akciyalariga ega edi.

2015 yilda Ziyavudin MMAga qiziqib qolgan va UFC'dan akciya sotib olmoqchi bo'lgan. U tashkilot egalari bilan muzokaralar olib bordi, lekin narxi oshirilganligi sababli bu fikridan qaytdi. Va u Rossiyaning Fight Nights Global promousheniga sarmoya kiritdi - hozirda AMC Fight Nights (besh yil davomida 60-100 million dollar sarflash rejalashtirilgan).


Magomedov Dog'istonda o'sgan va o'zi homiylik qilgan jangchilar bilan tez-tez shug'ullanib turgan

«Sportga qiziqishning ildizlari bolalikdan kelib chiqadi. Maxachkala ko'chalarida o'sishning o'zi sport edi. Mojarolar ko'pincha erkakcha hal qilinardi, bazida bunday to'qnashuvlar kuniga bir necha marta sodir bo'lardi. Ammo jangovar mahoratni ringda namoyish qilgan maqul», - deb eslaydi Magomedov.

2016 yilning kuzida u Eagles MMA klubini yaratdi, unda Xabib prezident va jamoa sardori, otasi Abdulmanap esa bosh murabbiy bo'ldi. Magomedov Nurmagomedovning bosh homiysi bo'lgan: Forbes nashriga bergan intervyusida u daromadining yarmini Eagles'dan olishini tan olgan, biroq uning miqdorini elon qilmagan.

2017 yilning bahorida Xabib belidan operaciya qilinganida, tibbiy harajatlarni Magomedov to'lagan. Bu Germaniyada yashirincha bo'lib o'tdi, chunki Nurmagomedov UFC uni sog'ligi bilan bog'liq muammolari bor jangchi sifatida ko'rishini istamagan (keyin u tez-tez jarohat olib turgan).

Kamil Gadjiev Grigoriy Drozdning podkastida Magomedov Xabibni doimo chempion sifatida ko'rganini va buyuk kelajagini birinchilardan bo'lib taxmin qilganini esladi

«CHempionlik jangidan bir yarim yil oldin Ziyavudin u bilan yaqindan muloqot qila boshladi, Xabibning klubi rivojlana boshladi. Bir kuni u menga: 

-Tez orada Xaba MMAda shubhasiz birinchi raqamga aylanadi.

-Lekin Fedorchi?

-Ko'rasiz, Fedor ikkinchi o'ringa tushadi.

-Qiziqarli poziciya...

Keyin buning iloji yo'qdek tuyuldi. Fedordan ilgarilab ketish mumkin emasdi, lekin hozir Xabib undan o'zib ketdi.

Magomedov boshqa jangchiga - Sergey Pavlovichga (hozirgi UFC'ning og'ir vazn toifasidagi uchinchi raqamli jangchi) ishongan. Gadjiev shunday dedi: «U sevimli jangchilardan biri edi. Ziyavudin uning Xabibdan keyin UFC chempioni bo'lishini aytgan. SHuning uchun Sergeyning atrofidagi voqealarni kuzatish qiziq. Sergey haqiqatan ham kamar uchun kurashmoqchi».

Gadjiev va Magomedov Fight Nights Global'ni jahon darajasiga olib chiqishni xohlashdi - tadbirkor AQSH va Braziliyada promoushen va rejalashtirilgan turnirlar uchun to'lovlarni amalga oshirdi. Gadjiev Magomedov hibsga olingunga qadar Amerikada o'z ofisini ochgan va jamoa yiqqandi. SHuning uchun u o'z kuchiga ishonmay, loyihani bekor qildi:

«Biz allaqachon bosh direktorni, moliyaviy direktorni topdik, ofis rasman ochildi, pul bor edi ... Umuman olganda, hamma narsa bor edi... Ziyavudin o'zini qamoqda ko'rdi. 

«Menda u erda kurashish uchun etarli pul, tajriba bormi? Albatta yo'q»- deb o'yladim. Braziliyadagi turnirni Rostovga ko'chirdim».


Magomedov 19 yilga qamalgan - futbol bo'yicha jahon chempionati obektlarini qurish paytidagi o'g'irlik (faqat bu emas). Uni Xabib va Abdulmanap qo'llab-quvvatlagan

2018 yilda Ziyavudin Magomedov va uning ukasi Magomed milliardlab mablag'ni o'zlashtirganlikda gumonlanib, hibsga olingan edi. 2022 yilda ular qamoqqa tushishdi: Ziyavudin - 19 yilga, Magomed - 18 yilga. Ular yirik obektlar qurilishi vaqtida 11 milliard rubldan ortiq mablag'ni talon-taroj qilishda ayblangan.

Ishda ochilgan ayblovlar orasida sport ham bor edi. Masalan, 2018 yilgi Jahon chempionati uchun Kaliningraddagi «Arena Baltika» stadioni qurilishi vaqtidagi o'g'irlik.

Magomedov nafaqat MMAga, balki xokkeyga ham sarmoya kiritgan - u «Admiral» prezidenti edi. Aka-uka Magomedovlarning tergov jarayonlarida tadbirkor Gennadiy Timchenko (KHL direktorlar kengashi raisi va SKA prezidenti), SSSR terma jamoasining sobiq xokkeychilari Aleksandr Yakushev va Aleksey Kasatonov ko'rsatma berdi.


Xabib 2018 yilda ham Magomedovni qo'llab-quvvatlagan - oktagonda UFC kamarini qo'lga kiritgandan so'ng, u Putinga murojaat qilganida:

«Qiyin vaziyatda katta akam - jamoamiz egasi Ziyavudin Magomedov menga va Rossiyadan kelgan boshqa sportchilarga katta yordam berdi. U hozir muammoda, lekin men sportchilar u uchun duo qilayotganimizni bilishini istayman.

Bu vaziyat tez orada hal bo'lishiga ishonaman. Umid qilamanki, milliy etakchimiz Vladimir Vladimirovich Putin unga yordam beradi. Men uni so'nggi saylovlardagi g'alabasi bilan tabriklayman», degandi.

Keyinroq Abdulmanap Nurmagomedov o'g'lining bu ishiga quyidagicha izoh berdi:  «Rossiyada saylovlar bo'lganida Xabib xorijda edi. SHuning uchun u Vladimir Vladimirovichni tabrikladi. Bizga 200 milliondan ortiq sarmoya kiritgan odamni ham tilga oldi. U bizga qilgan yaxshiliklarini unutsak, biz qanday odamlarmiz?»

Magomedovni dog'istonlik MMA jangchisi Rasul Mirzaev qo'llab-quvvatladi - u tadbirkor oqlanishiga ishonchi komil edi: «Hayotimdagi og'ir damlarda Ziyavudin Gadjievich menga so'zda ham, amalda ham yordam berdi! Bugun u og'ir kunlarni boshdan kechirmoqda. Tez orada hammasi yaxshi tomonga o'zgarishiga bo'lgan ishonchimiz unga kuch bag'ishlaydi degan umiddaman! U Dog'istonga kerak, Rossiyaga kerak!».

Bunga sobiq UFC va Fight Nights Global jangchisi Ali Bagautinov qo'shildi: «Sportchi sifatida shakllanishimda Ziyavudin meni qo'llab-quvvatlagan. Qiyin davrda u meni oilamning yaqini va otasi sifatida qo'llab-quvvatladi! Ishonamanki, yaqin kelajakda bu inson ozod bo'lib, odamlarga yaxshilik qilish imkoniyatiga ega bo'ladi!»


Magomedov jangchilarga qimmatbaho avtomobillar va kvartiralar berdi. Bu bilan Xabib qonun bilan muammoga duch kelgan tadbirkorlarni birinchi marta qo'llab-quvvatlayotgani yo'q

Magomedov jangchilarning eng katta homiylaridan biri edi. U nafaqat gonorarni to'lagan, balki sovg'alar ham qilgan – 2016 yilda u Xabibga Mercedes-Benz AMG GT avtomobilini sovg'a qilgan (mutaxassislarning fikricha, narxi 11-13 million rublni tashkil etgan).

«Moskvaga kelgach, Ziyavudin Magomedov meni mehmon qildi, tabrikladi va sovg'a berdi. Ziyavudin Gadjievich, umuman sport uchun qilayotgan ishlaringiz uchun sizga katta rahmat», - deb yozdi Nurmagomedov. Oradan olti oy o'tmay, Xabibning do'sti mashinani sayrga olib chiqqanida, uni urib yubordi.

«Hozir u qayta tamirlanmoqda. Rostini aytsam, bu meni bezovta qilmaydi. Hayotda muhimroq narsalar bor. Albatta, men mashinamni urib olishni xohlamayman. Ammo agar ular buzilsa - endi nima bo'ladi, deb yig'lamaymiz», - dedi Xabib. Magomedov haqida u shunday javob qaytardi: «Bu inson meni qo'llab-quvvatladi. Nafaqat men, u qo'llab-quvvatlaydigan odamlar juda ko'p».

Bir yil oldin Magomedov erkin kurash bo'yicha ko'p karra Olimpiya chempioni Abdulrashid Sadulaevga Mercedes-Benz G-class avtomobilini sovg'a qilgan edi. 2017 yilda - Fight Nights Global chempioni Abusufyan Alixonovga Maxachkaladan kvartira berdi.

«Ziyovudin Gadjievich har jihatdan ustun inson. Birinchi navbatda - intellektda. Siz u bilan suhbatlashsangiz sizga lug'at kerak, aks holda siz hech narsani tushunmaysiz. Ziyavudin Magomedov meni Fight Nights Global chempionlik kamari bilan tabrikladi va sport faoliyatimda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. SHuningdek, Maxachkaladagi kvartira kalitini topshirdi»,  dedi Alixanov.

Xabib bir necha bor jinoyatda (jumladan, og'ir jinoyatlarda) ayblangan odamlarni himoya qilgan. 2018 yilda BAAda u qotillik va terrorizmni moliyalashtirishda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan sobiq sportchi va siyosatchi Sagid Murtazaliev bilan ko'rishgan.

Murtazalievlar oilasi Dog'istonning Sumadinskiy tumanidan - Xabib tug'ilgan joy. Sagid 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida erkin kurash bo'yicha chempion bo'lganida Xabib 12 yoshda edi.

2019 yilda Xabib terrorizmni moliyalashtirishda ayblanayotgan Dog'istonlik «Bloknot» jurnalisti Abdulmo'min Gadjievni repost orqali qo'llab-quvvatlagan. Ammo bu unchalik shov-shuv bo'lmagan  – ko'plab huquq himoyachilari Gadjievni siyosiy mahbus deb bilishdi va uni ozod etishlarini talab qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing