07 okt 17:52
Yangiliklar

"U bunga loyiq". Dvalishvili dekabrda kim bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi
"Ha, men dekabrda jang qilgan bo'lardim. Faol bo'lishni xohlayman, keyingi raqibni uzoq kutgim kelmaydi. Hozir Pyotr Yan uchta g'alabali seriyada, u sobiq chempion va menimcha, u kamar uchun imkoniyatga loyiq. Agar UFC xohlasa, men dekabrda jangga tayyorman.
Agar ular menga shunday imkoniyat bersa, ajoyib bo'lardi. Yanvarda ham jang qilsam bo'ladi, lekin bu men uchun kichik sinov bo'lardi, chunki bu yil men Umar bilan jang qildim, keyin Rojdestvo, Yangi yil va gruzin Rojdestvosi keladi.
SHuningdek, 10 yanvar — mening tug'ilgan kunim. Bayram paytida UFC PI yopiq bo'ladi, zallar ham yopiladi, sparring sheriklar oilalari bilan dam oladi, bazilari tog'larga ketishadi. Havo ham sovuq bo'ladi, shuning uchun yanvarda jang qilish biroz qiyin, lekin baribir bu normal holat", - dedi Dvalishvili.
Fikrlar