So’nggi yangiliklar

19:27UFC рейтинги. Богдан Гусковнинг вазнида вазият қандай? 0 19:06"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди" 0 18:45"Жонс Аспиналлдан қочмоқда" - Анкалаев 0 18:24Хамзат Чимаев Камару Усман билан жангдан воз кечиш ҳақида ўйлаганини айтди 0 18:02Шон О'Мэлли: "Двалишвили Умардан қўрқади" 0 17:41"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди 0 17:20Анкалаев: "Рамазон вақтида жанг бўлмайди" 0 16:59"Реваншларим доим бир хил тугайди". Фьюри Усикка қарши жанг ҳақида 0 16:38Хамзат Чимаев UFC'да МДҲдаги ТОП-5 жангчилар кимлигини айтди 0 16:17"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти 0 15:56Янгиланган UFC рейтингида Петр Ян Умар Нурмагомедовни ортда қолдирдими? 0 15:35Бишкек турнирида иккинчи олтин медаль қўлга киритилди 0 15:14Нурмагомедов ҳам Саудиядаги UFC турнирида жанг қилади 0 14:53ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди 0 14:32Жонс Прохазка - Хилл жанги учун ўз тахминини айтди 0

24 iyu 12:06
Yangiliklar

Boks/MMA

"U Golovkinni istadi". Bivol Kaneloni aybdor qildi

Yarimog'ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivolning aytishicha, meksikalik Saul Alvaresda revansh jangi uchun ishtiyoq bo'lmagan.

Ammo Saul Bivol bilan jang qilish istagi borligini omma oldida ko'p bora aytgandi.

"U men bilan jang qilishga ishtiyoqi borligini lof qilgan. Buni bilardim. Men ham birinchi jangdagi kabi shart-sharoitlar bilan unga qarshi jang qilish niyatida emasman. Nega jang qilishim kerak ekan?

Men "ha" dedim va uning barcha shartlariga ko'ndim. Menga hozirgi holatim maqul kelmoqda. Agarda Kanelo men bilan jang qilishni istasa, o'z titullarini tikishi kerak. Bu borada bemalol kelishuvga erisha olamiz. Boshqa tomondan, jangchi g'alaba qozonib, revansh jangida ham o'sha kabi shart-sharoitlarda ringga chiqqanini ko'rganmisiz? Men bunday gaplarni eshitganim yo'q.

Rejamiz - sentyabr yoki oktyabr, balki, noyabr oyida jang qilish. To'g'risini aytaman, Kanelo bilan jangimiz amalga oshishi mumkin edi. U Golovkin va Rayder bilan jang qilishni istayotganini aytdi. Lekin jamoam bilan muzokaralarga kirishmadi. Bu shunchaki o'zaro suhbat kabi o'tib ketdi. Uni kutib o'tirish niyatim yo'q", - dedi Bivol.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing