29 mar 22:22
Yangiliklar
Boks/MMA

U ketmaganmidi? MakGregor sparringdan suratlarni taqdim etdi FOTO
Bir necha kun oldin MMAdagi faoliyatini yakunlashini elon qilgan Konor MakGregor mashg'ulotlardan suratlarni o'z Instagramiga joylashtirdi.
Suratda Konor sparring jang o'tkazayotganligi aks etgan.
"Nafaqada kubaliklar bilan sparring o'tkazyapman", - deb xabar qoldirdi MakGregor.
Avvalroq, ko'pchilik MMAchilar va mutaxassislar Konor MakGregor faoliyatini yakunlaganiga ishonmasliklarini aytib o'tgandilar. Bu orqali Konor omma etiborini o'ziga qaratishni maqsad qilgan deb hisoblamoqdalar.
Havola :
Manba : instagram.com/thenotoriousmma
Fikrlar