16 iyu 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA
"U Rossiyaga borishni xohlayapti, ammo qo'rqyapti". Carukyan - Jeyk Pol haqida gapirdi
UFC jangchisi Arman Carukyan amerikalik bokschi va bloger Jeyk Pol bilan bo'lgan uchrashuvi tafsilotlarini so'zlab berdi.
"Jeyk Pol Armanistonga kelmoqchi edi. O'sha payt men Dubayda Misha Litvin bilan birga edim. Mishaga: “Uch kunga Armanistonga borging kelmaydimi? Jeyk keladi, tanishib olasizlar”, dedim. U rozi bo'ldi.
Polga u er juda yoqdi va endi Rossiyaga ham borishni xohlayapti. Lekin juda qo'rqyapti. Mendan: “Meni ushlab ketishmaydimi? Men Tramp bilan bo'lganman-ku”, deb so'radi. Men esa: “Aksincha, Tramp — bizning odam”, deb javob berdim», — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar