03 okt 14:54
Yangiliklar

"U shunchaki pancher emas". Bektemir Meliqo'zievni Gennadiy Golovkin bilan taqqoslashdi
Rio-2016 Olimpiadasining kumush medali sohibi Bektemir Meliqo'ziev 2019 yilda professional boksda debyut qilib, 5 ta jangining barchasida g'alaba qozondi. SHulardan to'rttasini u muddatidan oldin yakunladi.
"Bektemirning atrofidagilar uning shunchaki pancher emasligini takidlashmoqda. Ularning fikricha 177 santimetrlik jangchi ajoyib oyoq harakatlariga ega chapaqay bokschi bo'lib, uning zarbalari judayam qattiq. Raqiblari uning yaqinlashib kelayotganini bilishadi, ammo himoyalana olishmaydi.
SHu sababdan Bektemir Gennadiy "GGG" Golovkinni eslatib yubormoqda. Golovkin o'zining kuchli zarbasi bilan ham juda mashhur. Qozog'istonlik bokschi 42 ta jangning 35 tasini nokaut bilan yakunlagan",-deb yozadi Amerika nashri.
Fikrlar