27 may 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA
"U so'zida turmadi". Beterbiev Bivol haqida gapirdi
Sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev germaniyalik Mixael Ayfert hamda WBA, IBF va WBO kamarlari sohibi Dmitriy Bivol o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
"Bivol va uning jamoasi o'z so'zida turmadi. Demak, Devid Benavidesga qarshi WBC kamarini himoya qilish muhim emas ekan — ular trilogiya uchun bu jangdan voz kechishdi. Ammo IBF kamarini Ayfertga qarshi himoya qilish muhimroq bo'lib chiqdi. Bu mantiqni tushunish qiyin.
Agar bu jang [Bivol — Ayfert] ishim uchun kerak bo'lsa, tomosha qilaman. Bilasizlar-ku, men boks muxlisi emasman, janglarni tomoshabin sifatida emas, faqat professional nuqtai nazardan ko'raman", — dedi Beterbiev «Match TV»ga.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar