21 sen 17:50
Yangiliklar

"U uchun g'alaba qozonishga vada bergandim". Lobov qo'shiqchi Zara bilan kutish zalida uchrashib qoldi + FOTO
Asli rossiyalik bo'lgan Lobov ikki vaznda sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregorning jamoadoshi hisoblanadi. 24 yoshli Lobov 37 yashar Zara bilan aeroport kutish zalida tushgan suratini "Instagram"ga qo'ygan va izoh qoldirgan.
"Jangchining g'alaba qozonishi uchun hech narsa to'sqinlik qilmaydi, agar u sevgan insoniga shuni vada qilgan bo'lsa...", — deya surat ostida izoh qoldirgan Artyom.
Malumot uchun, Lobov MMAda jami 30 ta jang o'tkazgan. Hisobida 13 g'alaba, 15 mag'lubiyat bor. Bitta jangda durang natija qayd etilgan bo'lsa, yana bir bahs o'tkazilmagan deb topilgan edi. Ayni paytda u Bare Knuckle FC, yani qo'lqopsiz janglar ligasida ishtirok etmoqda. Bu ligada u 2 g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etgan.
Fikrlar