17 fev 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA
"U yaxshi ko'rgan qizimning dayrektiga yozdi". Paulo Kosta Xamzat CHimaev haqida kutilmagan gaplarni aytdi
O'rta vazn toifasida UFC reytingining oltinchi o'rnini egallab turgan braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Paulo Kosta Xamzat CHimaev bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Xamzat menga yoqmaydi. Yoqmasligining sababi esa, u yaxshi ko'rgan qizimning shaxsiy sahifasiga xabar yozibdi. CHimaev "men dindorman" va shunga o'xshash gaplarni aytadi, lekin fikrimcha, bularning hammasi soxta", - dedi Kosta.
Malumot uchun, Kosta 18 fevral tongida UFC 298 turniri doirasida Robert Uittakerga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : Sport24
Fikrlar