28 may 07:30
Yangiliklar
Sport kurashlari
U23 yosh toifasidagi kurashchilarimiz Osiyo chempionatida 15 ta medal jamg'arishdi
Vetnamning Danang shahrida sport kurashlari bo'yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.
Musobaqaning so'nggi kunida erkin kurashchimiz Fazliddin Nasriddinov -74 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari barcha yo'nalishlarda jami 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Bugundan ushbu shaharda U17 yosh toifasidagi qita birinchiligi start oladi.

Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
Fikrlar