10 fev 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Uaylder: "Agar Joshua hali ham ishda bo'lsa, yo'llarimiz albatta kesishadi"
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder agar Entoni Joshua faoliyatini tiklashga qaror qilsa, unga qarshi jang o'tkazishga qiziqish bildirdi.
"Men bir narsani aniq bilaman: Joshua hali ham ishda. Men Entoni nafaqaga chiqqan, degan gaplarni eshitdim. Bu qancha davom etishini bilmayman, lekin agar u qaytib kelsa va hali ham ishda bo'lsa, men ham [shunday bo'lsam], jang qilishimiz mumkin.
Og'ir vazn divizioni juda kichik, bu erda yigitlar kam bo'lgani uchun biz bir-birimiz bilan uch, to'rt, besh marta ham jang qilishimiz mumkin. SHuning uchun yo'llarimiz baribir bir kuni kesishishi kerak", — dedi Uaylder.

Havola :
Manba : Boxing News
Fikrlar