12 okt 08:50
Yangiliklar

Uaylder Fyuri bilan jangga tayyorlanishni to'xtatdi
Sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder birinchi marta qo'lida jarohat borligi haqida gapirdi. Jarohat Fyuri bilan jangda orttirilgan.
"Tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Jarohatni oldingi jangda orttirgan edim. Muammo yo'q, hammasi reja bo'yicha ketmoqda".
Uaylderning takidlashicha qo'lidagi jarohatni operaciya qildirishi sabab Fyuri bilan kechadigan uchinchi jangga tayyorgarlikni to'xtatgan.
"Hozir men mashq qila olmayman. Tezroq zalga qaytishni xohlayman. Mening sevimli ishim, bu - mashq qilish. Nolimayman albatta, hozir men yaqinlarim davrasidaman", - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Fyuri va Uaylder o'zaro ikki marta bahs olib borishgan. Birinchi jang durang natija bilan tugagan bo'lsa, ikkinchi jangda Tayson Fyuri raqibini nokautga uchratib g'olib bo'lgan.
Fikrlar