24 iyu 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Fyurining Usik va Joshua o'rtasidagi jang haqidagi fikriga javob qaytardi
Sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder bo'lajak raqibi Tayson Fyurining diviziondagi boshqa ikki raqib Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi jang haqida gapirgan gaplariga javob qaytardi.
Fyuri Usikni og'ir vazn uchun juda "kichik" ekanligini va Joshua uni shunchaki "eb qo'yishi"ni aytgandi.
Uaylder esa ushbu so'zlarga javob berdi.
"Har qanday raqib o'zi bilan xavfni olib yuradi. Aksi isbotlanmaguncha, har qanday raqib xavfli. Buni oldindan bilib bo'lmaydi", - deydi Deontey Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Uaylder va Fyuri o'rtasidagi uchinchi jang 24 iyul kuni o'tkaziladi. Joshua - Usik jangi esa sentyabr oylariga mo'ljallangan.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar