21 sen 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uaylder nega jim bo'lib qolganini tushunmayapman"
Taniqli promouter Eddi Xirn amerikalik bokschi Deontey Uaylderning o'zini tutishi haqida gapirdi.
"Men nima uchun Uaylder bunaqa jim bo'lib qolganini tushunmayapman. Jamoamdagilar ham bu haqida gapirishmoqda. Biz Deontey jurnalistlarga chiqib: "Ular men revanshni rad etayotganim haqida yolg'on gapirishmoqda" deyishini kutgandik.
Biroq men bu mavzuda intervyu ko'rganim yo'q. U albatta buni qilishga majbur emas. Uaylder o'zini qanday tutishini o'zi hal qiladi. Men uning Fyuriga qarshi jangi bu yil amalga oshishini istagan bo'lardim", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : IFL TV
Fikrlar