13 dek 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
WBC yo'nalishida sobiq jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder Entoni Joshua va Jeyk Pol o'rtasida bo'ladigan jang haqida fikr bildirdi.
Jang 19 dekabr kuni AQSHning Mayami shahrida o'tkaziladi. Uaylderning fikricha, bu jangda Joshua g'alaba qozonadi.
"Jeyk Pol — Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman — tomoshabinlarga zavq ulashish uchun. Bu janglar asosan sportchilar yaxshi pul ishlab olishi va bir oz ko'ngilxushlik qilishlari uchun o'tkaziladi. Bu Jeykning haqiqiy sportchiga qarshi ilk jangi bo'ladi, shuning uchun nima bo'lishini ko'rish qiziq. Lekin agar jang natijasi oldindan scenariyda yozilmagan bo'lsa, men Joshuani tanlayman", — dedi Uaylder.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar