23 iyu 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangida kim g'alaba qozonishini taxmin qildi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik pancher Deontey Uaylder 20 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Aleksandr Usik va Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangi haqida gapirdi.
"Do'stlar, men Usikka pul tikaman. Ko'pchilik men bilan bahslashmoqda. Ammo, bu boks, ko'ramiz nima bo'lar ekan. Lekin, men Usikni tanlayman", — dedi Uaylder EsNews kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Joshua va Usik o'rtasidagi ilk jang 12 raund to'liq davom etgan va Aleksandrning 116-112, 117-114, 115-113 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar