15 okt 07:22
Yangiliklar

Uaylder Xeleniusdan 17 kg engil tosh bosdi + FOTO
Oqshomning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik pancher Deontey Uaylder (42-2-1, 41 KO) hamda 38 yoshli finlyandiyalik Robert Xelenius (31-3, 20 KO) o'rtasida o'tkaziladi.
Bokschilar ertangi jang oldidan ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Deontey Uaylder tarozida 97,3 kilogramm, Xelenius esa 114,2 kilogramm tosh bosgan. Amerikalik bokschi Tayson Fyuriga qarshi omadsiz jangidan keyin vaznga tashlashga vada bergan edi va o'z so'zining ustidan chiqdi.
Uaylder - Xelenius to'qnashuvi Premier Boxing Champions oqshomining markaziy jangi bo'ladi. G'olib bokschi WBC chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, Uaylder oxirgi marta 2021 yilning oktyabr oyida Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tarilgan va 11-raundda nokaut bilan yutqazgandi. Xelenius esa so'nggi bor 2021 yil oktyabr oyida Adam Kovnackini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratgan.
Fikrlar