30 dek 08:27
Yangiliklar

Uayt nega Makgregorni o'ziga xos jangchi deb hisoblashini tushuntirdi
"Ishonavering, mening mingta jangchi bilan muomalam bor. Ko'pchiligi menga aytadi: "O, hozir bu jangchi men uchun eng yaxshisi emas". Joze Aldo 2015 yilda jangni bekor qilganida, bizga aytgan edi: "Kim bo'lsa ham farqi yo'q, men mashg'ulot qilaveraman. Tushungan bo'lsangiz, menga qo'ng'iroq qilib, xabar bering".
Keyin Neyt Diaz bilan jang bo'ldi. Keyin yana bir jang bo'ldi va Makgregor aytdi "Kelinglar, Diaz bilan jang qilaylik. Yo'q, men buni oraliq vaznda bo'lishini xohlamayman. Agar men u bilan shu vaznda jang qilmasam, bu muhim emas. Agar men uning vaznida u bilan jang qilmasam, bu bemanilik. "Konor Makgregor bu kompaniyaga kelganidan beri shunday yigit edi. U o'ziga xos raqib. Bu yigit juda ham o'ziga xosdir", — Uaytning so'zlarini keltiradi MMA News.
Hozirgi paytda, Makgregor oyog'ini sindirib olgani tufayli janglarda ishtirok etmayapti. U UFC 264 turniri doirasida Dastin Porega qarshi jangda oyog'ini sindirib olib, mag'lub bo'lgandi.
Diyor Mavlonov tayyorladi
Fikrlar