So’nggi yangiliklar

13:40"У АПЛдаги энг яхши ҳимоячилардан бирига айланмоқда": Британия нашри Ҳусановнинг ўйинини юқори баҳолади 0 13:19Али Абдел-Азиз: "UFC'да биринчи марта Мовсарни мақташди" 0 12:58"Ёмон жанг". Дана Уайт ғалабали жангни танқид қилди 0 12:37"Ҳеч ким ҳатто яқин ҳам кела олмайди". Бенавидес замонавий бокснинг энг яхши жангчисини айтди 0 12:16Винисиус "Реал"да қоладими? 0 11:55Тажудинов Снайдерга, Царукян Пулласга қарши 2. RAF 7 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 11:34"Бу нима ўзи?!" Гарри Махачевнинг жароҳатига шубҳа билдирди 0 11:13Маҳмуд Мурадов ва рақибининг чемпионлик жангидан кейинги юз ҳолатини кўрдингизми? (ФОТО) 0 10:52"Барселона"дан кескин чора: Абонементлар бўйича янги тақиқлар кучга кирди! 0 10:31Тўлқин Қиличев боксчиларимизнинг Қозоғистондаги йиғини ҳақида гапирди 0 10:10"Ярим енгил вазнни қутқариш вақти келмадими?" - Арман Царукян 0 09:49Муҳаммад Мокаев ММА бўйича жанг ўтказади, рақиб маълум (ПОСТЕР) 0 09:28Салоҳ "Ливерпуль"ни текинга тарк этадиган бўлди 0 09:07Ҳасанбой Дўсматов Бишкекда жанг қилмайди 0 08:46Ниҳоят! Ўзбекистонлик жангчи Эркебулан Токтар билан тўқнаш келади (ПОСТЕР+ВИДЕО) 0

10 avg 15:15
Yangiliklar

Boks/MMA

Uayt Tompsonga javob qaytardi: "Jang qilmayman deb turib, 250 ming so'rab bo'lmaydi"

Dana Uaytning aytishiga ko'ra, Mishel Pereyra bilan bekor qilingan jang sababli Stiven Tompsonga gonorar pullari berilmaydi.

"Sen yarim kilo vazn qo'shgan yigitcha bilan jang qilishni istamading, agarda jangga rozilik berganingda, gonoraringni olgan bo'larding.

Parda ortida juda ko'p gaplar bo'ldi, unga boshqa bir jang taklif qildik. Yo'q, shu sababli shunchaki kelib: "Menga chorak million dollar pulimni bering", deyish juda noto'g'ri.

Unaqasi ketmaydi, hali hech kim bunday qilmagan. SHu bois u uchun yana bir jang uyushtirmoqchi bo'ldik.

Agarda bu senga maqul kelmayotgan bo'lsa, sening qilg'ilig'ing bizga qanchaga tushayotganini tushuntirib berishim mumkin. Senga harajatlaringni qoplab bera olamiz, vaziyatdan chiqib ketish uchun ko'plab echimlar bor.

Oldimizga kelib, yarim kilo ortiqcha vazni bor yigitcha bilan  jang qilishni istamasligingni aytib, oradan ikki hafta o'tib, yana bir jangga rozi bo'lmay turib, keyingi jang uchun oldindan to'lov so'rayapsan.

Unday bo'lmaydi. Jang qilmasang, pul ham berilmaydi, bularning barchasi shartnomada yozilgan. Biz barcha haqida qayg'uramiz, ammo bu savolni Vanderboy bilan muhokama qilamiz.

Barchasi parda ortida hal bo'ladi va ishlar shanba kuni echim topadi", - dedi Uayt.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing