13 jan 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt: Xabib yana 10 ta jang o'tkazishini xohlayman
UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedov bilan yana uzoq yillar davomida ishlamoqchi.
"Uni ham muxlis, ham promouter sifatida yana ko'rishni xohlaymiz. Siz promouter sifatida har doim eng kuchli jangchi ishtirokida jang uyushtirishni xohlaysiz. Ammo jangchi faoliyatini yakunlashni istasa, unda bunga sharoit yaratib berish ham kerak. Xabibning boshqa jangchilardan farqi, u bu qarorgacha juda og'ir vaziyatlarni boshdan o'tkazdi. Otasining vafoti unga juda og'ir tasir qilgan. Ular janglarga birga tayyorlanishardi. Abdulmannap 30-0 ni xohlagan edi. Men esa muxlis sifatida Xabib yana 10 ta jang o'tkazishini xohlayman", - dedi Dena Uayt.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar