28 noy 11:14
Yangiliklar
Uch haftada ikkita jangda g'alaba qozongan "Salsa Boy"ga o'zi so'ragan raqibni berishdi + POSTER
So'nggi bir oyda katta shov-shuv ko'targan Valdo Kortes-Akostaning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi. Dominikanlik aralash yakkakurash ustasi 2025 yil hisobidan 5 ta jang o'tkazib, 4 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etdi. Bu yilgi yagona mag'lubiyatini rossiyalik Sergey Pavlovichdan qabul qilib olgan.
Og'ir vazn toifasidagi Akosta 2026 yilning ilk raqamlangan turniri UFC 324 kardida jang o'tkazadigan bo'ldi. U chempionlik kamari uchun sobiq davogar Derrik Lyuisga qarshi oktagonga chiqadi. Bu raqibni Akostaning o'zi promoushen rahbarlaridan so'ragandi.
Og'ir vaznlilar o'rtasidagi ushbu jang rasman 24 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC 324 turniri kardini to'ldirdi. SHu yilning noyabr oyida dominikanlik aralash yakkakurash uchtasi ikkita jang o'tkazib, har ikkisini muddatidan avval birinchi raundda texnik nokaut bilan yakunladi. Dastlab xorvatiyalik Ante Deliya, keyin esa rossiyalik SHamil Gaziev taslim etildi.
Derrik Lyuis esa Rodrigo Nasimento va Tallison Teysheyrani texnik nokautga uchratib, muddatidan oldin g'alaba qozondi. Ayni paytda Kortes-Akosta va Derrik Lyuis tashkilotning og'ir vazn toifasi reytingida mos ravishda beshinchi va sakkizinchi o'rinlarni egallab turibdi.

Fikrlar