So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

11 sen 16:51
Yangiliklar

Dzyudo

Uch karra Olimpiya o'yinlari sovrindori Rishod Sobirovni tabriklaymiz!

Bir sportchi erishishi mumkin bo'lgan barcha yutuq va davlat mukofotlari sohibi Rishod Sobirov bugun 35 yoshni qarshiladi.

Bugun O'zbekiston dzyudosi va sporti tarixidan joy olishga muvaffaq bo'lgan, Olimpiya o'yinlarining uch karra bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni, Osiyo chempioni, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi", "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi, "El-yurt hurmati" ordeni egasi Rishod Sobirov o'z tavallud ayyomini nishonlayapti. 

Rishod Rashidovich Sobirov 1986 yil 11 sentyabr kuni Buxoro viloyatining Jondor tumani, Burbog'i qishlog'ida tug'ilgan. Dzyudo bilan 11 yoshida Rustam To'raev qo'l ostida shug'ullanishni boshlagan. Xalqaro musobaqalarga murabbiylar Furqat Soliev va Boris Grigorev qo'l ostida tayyorgarlik ko'rgan hamda ishtirok etgan.

Rishod ilk xalqaro miqyosdagi sovrinini 2006 yilda qo'lga kiritgan. O'shanda qahramonimiz Xitoy Taypeyida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egallagan. Oradan bir yil o'tib esa u kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida finalgacha etib borgan va kumush medal sohibiga aylangan.

2008 yilda O'zbekiston chempioni bo'lganidan keyin mamlakat terma jamoasi tarkibidan joy oladi va Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 60 kg gacha bo'lgan vazn toifasida u bronza medali sohibiga aylangan.

2010 yilda Rishod Sobirov Tokioda bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritadi. Oradan bir yil o'tib, Parijdagi jahon chempionatida bu muvaffaqiyatini yana takrorlaydi.

2012 yil Londonda bo'lib o'tgan Olimpiadada dzyudochimiz yarim finalgacha etib borgan. Biroq yakunda yana bronza medali bilan kifoyalanishga majbur bo'lgan.

2016 yili Braziliyada bo'lib o'tgan Rio Olimpiadasida u yana bronza medaliga ega chiqadi va uchta Olimpiya o'yinlarida medal qo'lga kiritgan kam sonli dzyudochilardan biriga aylanib oladi.

Professional sportdagi faoliyatini yakunlaganidan so'ng Rishod Sobirov Toshkentda o'zining dzyudo maktabini ochdi. "Dinamo" sport majmuasida faoliyati davom etayotgan dzyudo maktabida yangi Rishod Sobirovlar kamol topmoqda. 

Fursatdan foydalanib, Rishod Sobirovni bugungi unutilmas kun munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.  

Sovrinlari:

Olimpiada: 3 ta bronza

Jahon chempionati: 2 ta oltin, 1 ta bronza

Jahon kubogi/Gran-Pri/Ulkan toj: 10 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza

Osiyo chempionati: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati: 1 ta oltin

Harbiy xizmatchi

Mukofotlari:

Xalqaro toifadagi sport ustasi (2003)

"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" faxriy unvoni (2008)

"O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoni sohibi (2011)

"O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi (2012)

"El-yurt hurmati" ordeni sohibi (2016)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing