07 sen 09:57
Yangiliklar
Paralimpiya
Uch karra Paralimpiya chempioni xonadonida bayram + FOTO
Matonatli sportchimizning ota-onasiga Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Samarqand viloyat hokimi o'rinbosari H.Tuxtaev, viloyat sport boshqarmasi boshlig'i SH.Ro'ziev, paralimpiya qo'mitasi viloyat bo'limi boshlig'i A.Yorqulov, Paxtachi tuman hokimi o'rinbosari A.Qo'ldoshev hamda sport murabbiylaridan iborat jamoatchilik vakillari Husniddin Norbekovning xonadonida bo'lib, paralimpiya chempionining ota-onasini Parijda bo'lib o'tayotgan Paralimpiya o'yinlarida erishilgan g'alaba bilan qutladi.
Husniddin Norbekovning ota-onasiga viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar