18 mar 10:15
Yangiliklar
Uch nafar bokschi qizimiz Almatidagi turnirda chempion bo'ldi
Olimpiada chempioni Ermaxan Ibraimov sovrini uchun o'tkazilgan ananaviy musobaqada 2006-2007 yillarda tavallud topgan jami 113 nafar bokschi ringga ko'tarildi. O'n ikki vazn toifasida tashkil etilgan turnirda O'zbekiston terma jamoasi azolari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.
Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifaini o'tab bergan ushbu musobaqaning 9 ta vazn toifasida qozog'istonliklar, qolgan 3 tasida esa bizning bokschilar oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Bokschi qizlarimizdan Rahima Bekniyozova (-60 kg), Hilolaxon Mashrabova (-50 kg) va Jasmin Tohirova (-48 kg) o'z vaznlarida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.
Qozog'iston yoshlar terma jamoasi safida Panar Seytxankizi (+81 kg), Arujan Zeynullaeva (-81 kg), SHugila Nalibay (-75 kg), Almira Abduraimova (-70 kg), Dina SHanapek (-66 kg), Tolganay Kasimxan (-63 kg), Ayajan Sidik (-57 kg), Liya Abdullaeva (-54 kg) va Bagjan Otinbay (-52 kg) oltin medalga sazovor bo'ldi.
Fikrlar