04 iyu 14:40
Yangiliklar
Uch nafar erkin kurashchimiz reyting turniri bronza medali uchun gilamga chiqadi
Bugun musobaqaning uchinchi kuni erkin va ayollar kurashi bellashuvlari o'tkazilyapti. Saralash bahslaridan so'ng kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqadigan juftliklar malum bo'ldi.
Afsuski, 97 kg vazn toifasida yarim finalga etib kelgan har ikki erkin kurashchimiz raqiblariga yutqazib qo'yishdi. Rio Olimpiadasi sovrindori Magomed Ibragimov slovakiyalik Batirbek Cakulovga 1-10, Muhammadrasul Rahimov esa eronlik Amirxosseyn Firuzpurbandpeyga 4-15 hisobida imkoniyatni boy berdi.
SHu tariqa, uch nafar kurashchimiz kechki dasturda bronza medali uchun gilamga chiqadigan bo'lishdi.
Bronza uchun bahs
97 kg: Magomed Ibragimov - Fayzi Fayzzoda (Tojikiston)
97 kg: Muhammadrasul Rahimov - Akejan Aytbekov (Qozog'iston)
125 kg: Sardorbek Xolmatov - Mohit Mohit (Hindiston)
Fikrlar