28 mar 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA
"Uchrashuvda" - Carukyan Nina Drama bilan tushgan surati orqali Pullasni "troll" qildi + FOTO
UFC jangchisi Arman Carukyan qiz o'rtog'i, bloger, Nina Drama nomi bilan tanilgan Nina Mari Daniel bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylab, "Uchrashuvda" deya izoh qoldirdi.
Bu bilan asl armanistonlik Arman erkin kurashchi Jorjio Pullasning yaqinda aytgan so'zlariga javob qaytardi.
RAF 07 turniridagi revansh bellashuvi oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Pullas Nina Dramani "Carukyanning qizi" deb atab, u bilan uchrashuvni 10 ming evroga sotib olishim mumkinmi, deb so'ragandi. Arman bunga keskin javob berdi: "Men haqimda gapirishing mumkin, lekin mening oilam yoki do'stlarim haqida emas!".
Carukyan va Jorjio Pullas uchun bu revansh maqomidagi bellashuv bo'ladi. Ularning birinchi jangi Armanning shov-shuvli g'alabasi va jangdan keyingi janjal bilan yakunlangan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar