28 mar 12:17
Yangiliklar
Dzyudo
Uchta medal bilan 80 davlat orasida 4-o'rindamiz + JADVAL
Gruziyaning Tbilisi shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turnirining ikkinchi kungi bahslari ham ortda qoldi.
Kecha erkaklar -73, -81, ayollar esa -63 va -70 kg vazn toifalarida musobaqa medallari uchun tatamiga chiqishdi. Ikkinchi kungi bellashuvlardan so'ng jami 80 davlatdan 19 tasi kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritdi. O'n ikki mamlakat hisobida kamida bittadan kumush, 8 davlatda esa oltin medal bor.
Ikkinchi kungi bahslarda Gulnoza Matniyazova (-70 kg) terma jamoamizga bronza medalini taqdim etdi. Bu bilan O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o'rinni egallab turibdi. Birinchi o'ringa 2 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan Mo'g'uliston terma jamoasi ko'tarilib oldi. Kuchli uchlikdan Gruziya va Kanada terma jamoalari joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar