08 jan 09:05
Yangiliklar

"Uchtalik chempion" Volkanovskiga qarshi oktagonga chiqishga tayyorligini malum qildi
Sexudo jarohat olgan Maks Xolloueyning chempion Aleks Volkanovskiga qarshi jangda o'rnini egallashga tayyor ekanini bildirgan. Genri bir yarim yil avval professional sportchilik faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Volkanovski yarim engil vaznda amaldagi UFC chempioni bo'lib turibdi.
"Uchtalik chempion yordamga tayyor. Dana Uayt, senda mening telefon raqamim bor", - deya o'zining Tvitter sahifasida UFC prezidentiga murojaat qoldirgan Sexudo.
Aleksandr Volkanovski va Maks Xollouey o'rtasidagi trilogiya 5 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilishi va bu jang UFC 272 turnirining markaziysi bo'lishi kerak edi. Genri Sexudo yarim engil vaznda umuman jang o'tkazmagani etiborga molik holat.
Fikrlar