23 iyu 19:23
Yangiliklar
Sport kurashlari
Uchtepa 1-BO'SM yunon-rum kurashi tarbiyalanuvchilari jahon chempionatiga yo'l olishdi
Qirg'iz Respublikasining CHo'lpon-ota shahrida grepling bo'yicha o'smirlar (U 17) o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqada yurtimiz kurashchilari qatorida poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 1-BO'SM tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etadi. Mansur Jabborov murabbiyligidagi yosh yunon-rum kurashchilarimiz Issiqko'lga etib borishdi.
Rashitov Muhammadyusuf (29 kg), Rashitov Hasanalixon (32 kg), Sunnatov Jaloliddin (50 kg), Ergashev Ro'zibek (55 kg) va Bo'riev Javohir (60 kg) jahon chempionati medallari uchun bahs olib borishadi.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha Qirg'izistonning so'lim go'shasi bo'lmish Issiqko'lda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining to'rtinchi maslahatlashuv yig'ilishi o'tkazilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar