26 sen 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 253. CHempionlik jangi ishtirokchilari Adesanya, Kosta, Blaxovich va Reyes taroziga chiqishdi
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tongda Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC 253 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya hamda davogar Paulo Kosta o'rtasida bo'lib o'tadi. Ertangi janglar oldidan oqshom ishtirokchilari tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi.
Unda Kosta chempiondan yarim kilogramm og'irroq tosh bosdi — 83,9 kg. Adesanya esa 83,4 kg vazn qayd etdi. Anderkard jang yarim og'ir vazn toifasida Dominik Reyes va Yan Blaxovich o'rtasida o'tkaziladi. Ular vakant, yani egasiz qolgan chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tarilishadi. Amerika va polshalik jangchilar bir xil vazn ko'rsatishdi — 92,9 kg.
Havola :
Fikrlar