29 okt 11:24
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 255. Mayk Perri raqibsiz qoldi, u CHimaevni oktagonga chorlamoqda
UFC jangchisi Mayk Perri raqibsiz qoldi.
Perri UFC 255 turnirida Robbi Loulerga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Ammo jangga oz fursat qolgan bir paytda Robbi jarohat oldi.
"Louler safdan chiqdi. Uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan munosib jangchini izlayapman. Xamzat CHimaevga aytdim. Biz o'rta vaznda jang o'tkazishimiz mumkin. Hozircha javob yo'q", — deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Perri.
Malumot uchun, Mayk Perri o'zining so'nggi jangini UFC on ESPN 12 turniri doirasida Mikki Gallaga qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgandi. Uning hisobida MMAda 14 g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Fikrlar