16 may 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 262 kechasida kimlar bonus ishlab oldi?
Biroz avval Texas shtatida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida CHarlz Oliveyra Maykl CHendlerni mag'lub etdi va engil vazn toifasida yangi chempionga aylandi.
Oqshom tashkilotchilari kafolatlangan gonorardan tashqari yaxshi ishtirok uchun belgilangan bonuslar kimga nasib etganini oshkor qilishdi.
Unga ko'ra, qo'shimcha 75 ming dollarlik mukofot puliga CHarlz Oliveyra, Edson Barboza, SHeyn Burgos ega chiqishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar