13 iyu 08:07
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 263. Etti soniyada nokaut + FOTOGALEREYA
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda AQSHning Arizona shtati Glendeyl shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
"Xil River-Arena"da o'tayotgan UFC 263 turnirining prelium kardidan o'rin olgan janglarning biri ettinchi soniyadayoq yakunlandi. Terrens Makkinni o'zining UFC promoushenidagi debyut jangini 31 yoshli vatandoshi Mett Frevolaga qarshi o'tkazdi.
Kutilmaganda jang ettinchi soniyadayoq yakunlandi. Amerikalik 26 yoshli Makkinni raqibini qo'lda ketma-ket yo'llagan ikkilik zarbasi evaziga nokautga uchratdi. Bu uning UFC`dagi debyut jangidagi birinchi, MMA`dagi 11-g'alabasi bo'ldi.
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar