13 iyu 07:21
Yangiliklar

UFC 263 turniri boshlandi, Evloevda ketma-ket beshinchi g'alaba + FOTO
Biroz avval "Xil River-Arena"da o'tayotgan UFC 263 turnirining prelium kardidan o'rin olgan janglarning birida rossiyalik 27 yoshli Movsar Evloev kanadalik 29 yashar Hakim Davoduga qarshi oktagonga ko'tarildi. Uch raund to'liq davom etgan bahsda Evloev ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi – 29-27, 29-27, 29-27.
Bu bilan Movsar vatandoshi Zubayra Tuxugovning mag'lubiyati uchun Hakimdan revansh oldi. O'tgan yilning 27 sentyabr kuni o'tkazilgan jangda Davodu Zubayra Tuxugovni ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchratgan edi.
SHu tariqa, Movsar Evloev UFC promoushenidagi ketma-ket beshinchi g'alabasiga erishdi. U mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Uning MMA`dagi natijasi - 14 g'alaba! Davodu esa oxirgi 5 ta jangidan ikkinchisida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Eslatib o'tamiz, UFC 263 turnirining markaziy jangi o'rta vazn toifasida tashkilot chempioni Israel Adesanya hamda davogar italiyalik Marvin Vettori o'rtasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar