23 jan 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 270. Kechaning bonus sohiblari malum
Bugun AQSHning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida navbatdagi UFC 270 kechasi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida Frensis Ngannu Siril Ganni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi va chempionlik kamarini ilk bor himoya qildi.
UFC anaanaga ko'ra eng yaxshilarga gonorardan tashqari qo'shimcha 50 ming dollar bonus taqdim etdi. Kechaning eng yaxshi jangi deb Brendon Moreno va Deyvison Figeredo bahsi tan olindi.
SHuningdek, eng yaxshi ishtirok uchun Said Nurmagomedov va Vanessa Demopulos bonus sohiblariga aylanishdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar