13 fev 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/204708_220.jpg)
UFC 271. Adesanya ishtirokidagi markaziy jang yakunlandi
Las-Vegasda UFC 271 turniri yakunlandi.
Kechaning markaziy jangida o'rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya Robert Uittakerga qarshi oktagonga chiqdi.
Besh raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va g'olib hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi.
Unga ko'ra hakamlar kutilmaganda bir ovozdan Adesanyaning g'alabasini qayd etishdi.
SHu tariqa, Adesanya o'ziga tegishli chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar