12 fev 10:11
Yangiliklar

UFC 271: Adesanya - Uittaker oqshomining barcha tarozi natijalari. Bitta jang bekor qilindi
Xabar berganimizdek, kecha UFC 271 turniri qatnashchilari ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya hamda kamar uchun davogar Robert Uittaker o'rtasida o'tkaziladi. Har ikki jangchi ham belgilangan vazn meyorini bajarib, bir xilda tosh (83.5 kg) bosishdi.
Kechaning muhimligi jihatidan ikkinchi jangi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Derrik Lyuis hamda Tay Tuivasa mos ravishda 120.7 va 120.2 kg vazn qayd etishdi.
UFC 271 turniridan o'rin olgan Aleks Perez - Mett SHnell jangi bekor qilindi. Bunga Perez meyordan bir kilogrammdan (58,06 kg) ko'proq vaznga ega ekani sabab bo'lgan. Bu holatda uning raqibi Mett SHnell (57,15 kg) oktagonga chiqmaslikni afzal bildi.
UFC 271. Tarozi natijalari
Asosiy kard
Israel Adesanya (83,46 kg) — Robert Uittaker (83,46 kg)
Derrik Lyuis (120,66 kg) — Tay Tuivasa (120,2 kg)
Derek Branson (84,14 kg) — Jared Kannone (83,91 kg)
Kayler Fillips (61,69 kg) — Marselo Roxo (61,69 kg)
Bobbi Grin (70,53 kg) — Nasrat Xakparast (70,76 kg).
Prelium kard
Andrey Orlovskiy (111,58 kg) — Jared Vanderaa (120,2 kg)
Roksann Modafferi (57,15 kg) — Keysi O'Nill (56,93 kg)
Aleks Perez (58,06 kg)* — Mett SHnell (57,15 kg)
Maksim Grishin (93,44 kg) — Uillyam Nayt (98,88 kg).
Erta prelium kard
Ronni Lourens (61,69 kg) — Mana Martinez (61,69 kg)
Aleksandr Xernandez (70,76 kg) — Renato Moykano (70,76 kg)
Fabio CHerant (93,44 kg) — Karlos Ulberg (92,53 kg)
Ey Jey Dobson (83,91 kg) — Jeykob Malkun (84,37 kg)
Duglas Silva de Andrade (61,69 kg) — Sergey Morozov (61,23 kg)
Blud Daymond (77,11 kg) — Jeremaya Uells (77,34 kg).
Fikrlar