13 fev 10:09
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/204706_220.jpg)
UFC 271. Co-main event kutilmagan natija - nokaut bilan yakunlandi
AQSHning Xyuston shahrida o'tkazilayotgan UFC 271 turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina muxlislar bilan liq to'lgan "Toyota-centr" stadionidagi oqshomning Co-main event jangi yakunlandi. Og'ir vazn toifasida kechgan jangda biroz kutilmagan natija qayd etildi.
"Qora vaxshiy" nomi bilan mashhur bo'lgan Derrik Lyuis avstraliyalik nokautchi Tay Tuivasaga qarshi oktagonga ko'tarildi. Ikkinchi raundda Tuivasa nomdor raqibini tirsak zarbasi bilan chuqur nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Derrik Lyuis UFC kamari uchun sobiq davogar hisoblanadi. Reytingda 11-o'rinni egallab turgan Tay Tuivasa esa UFC'da to'rtta g'alabali seriyaga ega bo'lib kelayotgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar