13 fev 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 271 turnirining bonus sohiblari malum
AQSHning Xyuston shahrida o'tkazilgan UFC 271 turnirida boshqalardan ajralib turgan jangchilar aniqlandi.
Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt bugungi turnir yakunlariga bag'ishlab o'tkazilgan matbuot anjumanida xabar berdi. Oqshomning eng yaxshi jangi sifatida braziliyalik Duglas Silva de Andrade hamda qozog'istonlik Sergey Morozov o'rtasidagi jang tan olindi. Andrade qonli kechgan jangning ikkinchi raundida raqibini bo'g'ish usuli bilan "uxlatib" qo'ygandi.
SHuningdek, Jared Kannonir (u Derek Bransonni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgandi) va Tay Tuivasa (u so-main event jangida reytingda o'zidan yuqorida turgan Derrik Lyuisni nokautga uchratgan edi) ham qo'shimcha 50 000 dollarlik bonusga ega chiqishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar