10 apr 11:43
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 273. Bonus sohiblari malum. Xamzat CHimaev qatorasiga beshinchi jangida bonusga ega bo'lmoqda
Uzoq kutilgan UFC 273 kechasi ham yakunlandi.
Kechaning markaziy jangida UFC kamari sohibi Aleks Volkanovski CHon CHxan Sonni mag'lub etib, kamarini himoya qildi. Tashkilot ananalariga sodiq qolgan holda kechaning eng yaxshilarni aniqladi. "Kechaning eng yaxshi jangi" sifatida Xamzat CHimaev va Gilbert Berns bahsi tan olindi. Eng yorqin ishtirokchilar sifatida esa Aleks Volkanovski va Aleksey Oleynik loyiq ko'rildi. SHu tariqa, To'rt nafar jangchi kafolatlagan gonorarlaridan tashqari qo'shimcha 50 ming dollarga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar