10 apr 08:58
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 273. Xamzat CHimaev va Gilbert Berns o'rtasidagi jang yakunlandi
AQSHda uzoq kutilgan UFC 273 turniri davom etmoqda.
Turnir doirasida shveciyalik Xamzat CHimaev Braziliya vakili Gilbert Berns sga qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raundlik jang to'liq davom etdi. Yakunda g'olib ochkolar evaziga ko'ra aniqlandi. Hakamlarning qaroriga ko'ra Xamzat CHimaev ustun keldi (29-28 29-28 29-28) va o'zining g'alabali seriyasini davom ettirdi.
Qayd etish lozimki, CHimaev UFCdagi faoliyati davomida ilk marotaba 3 raundlik jang qildi. Bungacha u raqiblarini birinchi raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar