03 iyu 08:51
Yangiliklar
![](/upload/storage/225441_220.jpg)
UFC 276. Aleks Pereyra - SHon Striklend jangida nokaut qayd etildi
Biroz avval o'rta vazn toifasida amerikalik 31 yoshli SHon Striklend hamda braziliyalik 34 yashar Aleks Pereyra o'rtasidagi jang yakuniga etdi. Jang birinchi raundning ikkinchi daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada to'xtatildi. Pereyra raqibini nokautga uchrata oldi.
SHu tariqa, SHonning 6 ta jangdan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'yildi. Uning hisobida 25 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor. Pereyra esa bugun faoliyatidagi 6-g'alabasini tantana qildi. UFC promoushenidagi g'alabalari soni 3 taga etdi. MMAdagi faoliyatini mag'lubiyat bilan boshlagan edi.
Malumot uchun, SHon Striklend bugungi jangiga qadar UFC reytingida 4-o'rinni egallab turgandi. Aleks Pereyra esa bugungi jangiga qadar hali reytingga kirmagan edi.
Fikrlar